Botga bir og'iz gapiring — sun'iy intellekt topshiriqni tushunadi, mas'ul va muddat bilan doskaga qo'yadi, o'zi eslatib turadi va bajarilishini hisobga oladi.
Ovozli topshiriq → tayyor vazifa → bajarildi hisoboti.
Karta talab qilinmaydi · 2 daqiqada sozlanadi
Imkoniyatlar
Vazifa qo'yish, bajarilishini kuzatish, KPI va bonus hisobi — hammasi Tartibli ichida, yon daftar yoki Excel jadvalisiz.
Botga ovozli xabar yuboring — AI o'zbekcha jonli nutqni matnga aylantiradi, ismni xodimlar ro'yxatidan topadi va ertagacha kabi iboralarni aniq sana va vaqtga o'giradi.
Shaxsiy va jamoa doskalari. Har bir vazifa holati — yangi, jarayonda, bajarildi — real vaqtda ko'rinadi.
Xodimlarni taklif havolasi orqali qo'shing, rollarni belgilang, faolsizlantiring — hammasi bir paneldan.
Har bir xodim samaradorligini kuzating. Bajarilish darajasiga qarab bonuslarni avtomatik hisoblang.
Kim nechta vazifa bajardi, o'rtacha bajarilish, muddati o'tganlar — aniq raqamlar bilan qaror qabul qiling.
Muddati yaqinlashgan yoki o'tgan vazifalar bo'yicha bot rahbar va xodimni o'zi ogohlantiradi.
3 qadam
Server ham, IT bo'lim ham kerak emas: uch qadam, taxminan ikki daqiqa — keyin tizim o'z ishini o'zi qiladi.
Email va parol bilan hisob yarating. 14 kunlik bepul sinov avtomatik yoqiladi.
@BotFather orqali Telegram botingizni yarating va tokenni joylang — doskangiz avtomatik tayyorlanadi.
Xodimlarga taklif havolasini yuboring va vazifa qo'ya boshlang. Tamom!
Bot bilan suhbat shunday ko'rinadi
Nega Tartibli
Narx
Jamoangiz o'lchamiga mos tarifni tanlang. To'lov baribir xodim boshiga emas — butun jamoa uchun.
Karta talab qilinmaydi · istalgan vaqt bekor qiling
Mijozlar fikri
Savol-javob
Tartibli — sun'iy intellektli vazifa (task) boshqaruv platformasi. Jamoangiz kunda yozishadigan chatdagi bot orqali topshiriq berasiz, AI uni mas'ul va muddat bilan doskaga qo'yadi, keyin bajarilishini kuzatib, KPI va bonusni hisoblab boradi.
Yo'q. Ro'yxatdan o'tish, botni ulash va jamoani taklif qilish — hammasi 2-3 daqiqada, oddiy ko'rsatmalar bilan. Chatda xabar yozishni bilsangiz kifoya.
Ro'yxatdan o'tganingizda 14 kunlik bepul sinov avtomatik yoqiladi. Karta ma'lumoti talab qilinmaydi. Sinov tugagach, davom etish uchun obunani faollashtirasiz.
Tarifingizga bog'liq — har bir tarifda xodimlar soni ko'rsatilgan. Chegara ichida esa qo'shimcha to'lov yo'q: to'lov xodim boshiga emas, butun jamoa uchun.
Obuna oylik asosda. To'lov bo'yicha biz bilan bog'laning: aloqa@tartibli.com. To'lov tizimlari (Payme / Click) tez orada to'g'ridan-to'g'ri ulanadi.
Ha. Har bir jamoaning ma'lumoti alohida va himoyalangan. Bot tokenlaringiz shifrlab saqlanadi.
Tartibli kanaldan mustaqil: bot jamoangiz allaqachon foydalanadigan messenjerga ulanadi, vazifa, doska va hisobotlar esa Tartibli'da qoladi. Bugun ishlaydigan kanalni botni ulash qadamida ko'rasiz; WhatsApp va boshqalari qo'shilmoqda — yangi kanal chiqqanda hech narsani ko'chirish kerak emas.
Sinov tugaguncha bir so'm to'lamaysiz, shartnoma ham talab qilinmaydi. Yoqmasa — istalgan vaqtda to'xtatasiz.
Bepul boshlash →